01:23 / 28.04.2020
19474
Mavritaniya dunyoda birinchi bo‘lib koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qildi 

Mavritaniya koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e'lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi. 

Foto: IRNA

Ushbu mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga ko‘ra, oxirgi kunlarda koronavirusdan biror odam vafot etmagan va birorta kasallanish holati qayd qilinmagan. Bu haqda Le Calame nashri xabar berdi

Ma'lum qilinishicha, mamlakatda epidemiya vaqtida bor-yo‘g‘i 17 kishi virusga chalingan va bir kishi undan vafot etgan.  

Mavritaniyada 13 mart kuni ilk kasallanish holati qayd etilgandan keyin chegaralar, maktablar, restoranlar va bozorlar yopilgan, odamlar to‘planishi taqiqlangan. Hukumat tungi komendantlik soati e'lon qilgan va shaharlararo tashuvlarni taqiqlagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top