11:10 / 28.04.2020
10967

O‘zbekiston Afg‘onistonga tezyurar yuk poyezdlari qatnovini yo‘lga qo‘ydi

Endilikda yuklar Toshkentdan “Hayraton” stansiyasiga 2 kun ichida tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib berilmoqda.

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari

"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Afg‘onistonning “Hayraton” stansiyasiga tezyurar yuk poyezdlarining muntazam qatnovini yo‘lga qo‘ydi. 

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, ushbu yuk poyezdining bir qismi poytaxtda shakllantiriladi va yo‘nalish bo‘ylab, hududlarda ham shakllangan eksport yuki ortilgan vagonlar mazkur poyezdga biriktiriladi.

“Avvallari Toshkentdan Afg‘onistonga jo‘natilgan vagon 5-6 kun ichida yetkazib berilgan bo‘lsa, endilikda yuklar Toshkentdan “Hayraton” stansiyasiga 2 kun ichida tezyurar yuk poyezdlarida yetkazib berilmoqda”, - deyiladi ma'lumotda.

Bildirilishicha, mazkur poyezd haftasiga 3 marotaba qatnaydi.

Top