23:20 / 28.04.2020
29946
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari o‘zgarishsiz qoldi

O‘zbekistonda so‘nggi to‘qqiz soat davomida koronavirus infeksiyasi yuqtirilgan yangi holat aniqlanmadi va 28 aprel soat 23:00 holatiga kasallanganlar soni 1939 kishini tashkil qilmoqda.

«So‘nggi 9 soat davomida koronavirus infeksiyasi qayd etilmagan holda, bugun 100 nafar bemor ushbu kasallikdan butunlay sog‘aydi. Shu tariqa koronavirusdan sog‘ayganlar soni 992 nafarni tashkil etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

27 aprel kuni 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi. Bugun esa 35 kishida virus aniqlandi, 100 kishi tuzaldi.

Virus tarqalishi boshlangandan buyon 992 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi, ayni vaqtda 939 kishi shifoxonalarda qolmoqda. Ya'ni, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi.

Bemorlarning sog‘ayish darajasi bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Buxoroda qayd etilmoqda, hozircha faqat Sirdaryo viloyatidagi bemorlar orasida sog‘ayganlar yo‘q.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top