14:13 / 28.04.2020
27194
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1939taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 28 aprel soat 14:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1939 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Toshkentda tasdiqlangandi. O‘tgan vaqt davomida kasallik respublikaning butun hududiga tarqaldi.

So‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

27 aprel kuni 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi. Bugun esa hozircha 35 kishida virus aniqlandi, 17 kishi tuzaldi.

Virus tarqalishni boshlagandan buyon 909 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top