07:46 / 28.04.2020
85824
O‘zbekistonda qaysi kasalliklardan eng ko‘p o‘lim holati qayd etilayotgani ma'lum bo‘ldi

 2020 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 37,5 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,4 promilleni tashkil etdi.

Foto: Depositphotos

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning mos davriga nisbatan 0,1 promillega tushganligi (2019 yilning yanvar - mart oylarida 4,5 promille bo‘lgan) kuzatildi.

2020 yilning yanvar-mart oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 62,4 foizi - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,3 foizi - o‘simtalardan, 5,5 foizi - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 4,8 foizi - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,3 foizi - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 1,4 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,3 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 2,1 ming nafarni tashkil etib, ularning 51,1 foizi - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 23,9 foizi - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 13,2 foizi - tug‘ma anomaliyalardan, 4,0 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 2,5 foizi - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,5 foizi - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan va 4,8 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Top