14:47 / 28.04.2020
57137
Prezident Buxoroga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi.

«27 aprel kuni respublikamiz hududiga kirib kelgan kuchli shamol Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida aholi hayoti, infratuzilma tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi ekinlariga katta zarar yetkazgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu tabiiy ofat oqibatlarini ko‘zdan kechirish, zarur chora-tadbirlarni belgilash hamda aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish maqsadida bugun Buxoro viloyatiga jo‘nab ketdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bundan avvalroq Buxorodagi kuchli shamol oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, kamida 30 kishi jarohatlangani haqida xabar qilingandi.

Mavzu
Buxoro viloyatidagi bo‘ron
2020 yil 27 aprel kuni kechasi O‘zbekistonning qator hududlarida, ayniqsa Buxoro viloyatida kuchli shamol ko‘plab talafotlarga sabab bo‘ldi
Barchasi
Top