15:39 / 28.04.2020
13684

San'atkorlar «Mehr-shafqat va salomatlik» fondiga 7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ o‘tkazib bergani ma'lum qilindi

Xalqimizning yaxshi kunidan foydalanib, xalqning pulidan boyigan san'atkorlar bugungi og‘ir vaziyatda homiylik qilishdan qochmoqdami?

28 aprel kuni AOKA shtabidagi brifingda Madaniyat vazirligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxo‘jayeva shu mazmundagi savol bo‘yicha ma'lumot berdi.

«Hududiy boshqarmalar, respublika tashkilotlarida mehnat qilayotgan san'atkorlar, teatr aktyorlari, shu bilan birga, davlat teatrlari tomonidan «Mehr shafqat va salomatlik» fondiga shu kungacha jami 7 mlrd 112 mln so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Shu bilan birga, «Farmplastholding» MChJ va Madaniyat vazirligi hamkorligida 2 mlrd so‘m qiymatiga teng bo‘lgan dori-darmon vositalari fondga taqdim etildi», deya Mavluda Asqarxo‘jayevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid
Top