23:19 / 29.04.2020
29642
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 2 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 33 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

"2020 yil 29 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2002 nafarni tashkil qilmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.

29 aprel kuni jami 63 nafar yangi bemor aniqlandi. Bu - so‘nggi 10 kun ichidagi eng yuqori kunlik kasallanish ko‘rsatkichi.

Shu bilan birga, bir necha kundan beri kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

27 aprel kuni 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi. 28 aprel kuni esa 35 kishida virus aniqlandi, 100 kishi tuzaldi. 29 aprelda esa 63ta yangi holat qayd etilib, 104 kishi sog‘ayib chiqdi.

Virus tarqalishi boshlangandan buyon 1096 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi. Kecha, 28 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top