10:00 / 29.04.2020
32496
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1955taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 16 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1955 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

27 aprel kuni 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi. 28 aprel kuni esa 35 kishida virus aniqlandi, 100 kishi tuzaldi.

Virus tarqalishi boshlangandan buyon 992 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi. 28 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi.

Top