15:53 / 29.04.2020
29049
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 1969taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 14 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1969 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etish kerakki, so‘nggi kunlarda kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

27 aprel kuni 35 kishida virus aniqlandi va 103 kishi sog‘aydi. 28 aprel kuni esa 35 kishida virus aniqlandi, 100 kishi tuzaldi.

Virus tarqalishi boshlangandan buyon 1059 kishi sog‘aydi, 8 kishi vafot etdi. 28 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top