21:31 / 29.04.2020
10622
Pompeo Eron Venesuelaga noma'lum yuklar jo‘natganini ma'lum qildi 

Eron Venesuelaga noma'lum yukka ega bir nechta samolyotni jo‘natgan. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.  

Mayk Pompeo / Foto: Reuters

Vashingtonda bunday harakatlar nomaqbul deb hisoblanmoqda

“Men Maduro tuzumi va Eron o‘rtasidagi aloqalar haqida tezkor axborotni taqdim qilmoqchiman. Oxirgi bir necha kun davomida Mahan Air aviakompaniyasiga tegishli bir nechta samolyot Maduro tuzumini qo‘llab-quvvatlash sifatida noma'lum yuklarni tashigan”, deb aytgan Pompeo davlat departamentidagi brifingda.

Uning ta'kidlashicha, Vashingtonning fikricha, Eron ushbu “terrorchilik” kompaniyasi yordamida Yaqin Sharqda qurol va jangchilar tashish bilan shug‘ullangan.

Pompeoning aytishicha, bu parvozlar to‘xtatilishi lozim va AQSh o‘z navbatida buning uchun imkoni bor ishni qiladi.

AQSh davlat kotibi AQSh ma'muriyati joriy yil oktyabrida Eronga qarshi amal qilishi tugaydigan qurol embargosini uzaytirish masalasi bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi bilan ishlashga tayyorligini ma'lum qilgan.

Pompeoning ta'kidlashicha, agar bu sa'y-harakatlar natija keltirmasa, AQSh “qo‘yilgan vazifaga erishishning boshqa yo‘llarini o‘rganadi”.

Avvalroq davlat kotibi BMT Xavfsizlik kengashini Eronga qurol yetkazishga taqiqlovni uzaytirishga chaqirgandi.

U o‘tmishda Eron o‘z qo‘shnilariga raketalar bilan zarba bergani, tankerlarni minalagani va qo‘lga olgani, ixtilof hududlariga kontrabanda yo‘li bilan qurol yetkazgani va Ukraina aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyotini urib tushirganini eslab o‘tgan.

“Biz Eron yanada ilg‘orroq qurol sotib olishi va o‘z qurol-aslahasini mas'uliyatsiz shaxslarga berishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Pompeo.

Top