00:00 / 29.04.2020
52527
Shifokorlar koronavirusning mutatsiya qilgan 10 ta yangi turi haqida ma'lum qilishdi 

Xitoyda dekabr oxirida ilk bor qayd qilingan koronavirus 10 ta turli turga mutatsiya qildi. Ulardan biri - A2a turi deyarli boshqa turlarni siqib chiqarib, dunyoda ustun turga aylandi. 

Foto: DPA

Bu haqda Hindistonning G‘arbiy Bengaliya shtatidagi biotibbiyot genomikasi milliy instituti olimlari tadqiqotiga tayanib Times of India nashri xabar berdi. 

Olimlarning aniqlashicha, barcha 10 tur 4 oy ichida birinchi “voris” O turidagi virusning mutatsiya qilishi natijasida paydo bo‘lgan. Biroq virusning A2a turi tarqalishi sur'ati bo‘yicha mart oxirida boshqa turlardan o‘za boshlagan.

Buning sababi oddiy – mutatsiya virus sirtidagi oqsil strukturasini o‘zgartirgan. Institut rahbari Partx Majumdorning aytishicha, natijada bu tur inson organizmiga boshqa turlarga qaraganda samaraliroq kira boshlagan va o‘pka hujayrasining sirtidagi oqsil bilan oson bog‘lana boshlagan. Turli davlatlarda koronavirusga chalinish va undan o‘lim darajasidagi katta farqlar shu omilga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

10 yil avval 800 kishining hayotini olib ketgan va 8 ming kishini zararlagan avvalgi SARS-CoV koronavirusi ham o‘pkaga kira olgan, biroq A2a turi kabi kuchli darajada emas.

Olimlarning aytishicha, olingan ma'lumotlar koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda o‘ta muhim hisoblanadi. Ular yaqin orada jahon hamjamiyatiga o‘z tadqiqotlarining rasmiy natijalarini taqdim qilishmoqchi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top