07:52 / 29.04.2020
16211
Toshkentdan Moskvaga bortida 174 rossiyalik bo‘lgan samolyot uchib ketdi

“Rossiya” aviakompaniyasining maxsus reysi Toshkentdan Moskvaga 174 rossiyalikni yetkazadi.

Foto: RIA Novosti

Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi vakiliga tayanib “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

Avvalroq Rossiyaning raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi Toshkent-Moskva reysi 29 aprelga belgilanganini ma'lum qilgan. Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotga reysga davlat xizmatlari sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan rossiyaliklar qo‘yilgan. Ularga Toshkent xalqaro aeroportiga o‘tishga propusk berilgan.     

“Rossiya” aviakompaniyasining reysi 29 aprelda Toshkentdan Moskvaga soat 6.32da uchib ketdi. Uning bortida Rossiyaning 174 fuqarosi bor”, deb ma'lum qilgan elchixona vakili.

Rossiya pandemiya ortida 27 martdan boshqa davlatlar bilan muntazam va charter aviaaloqani to‘xtatgan edi. Bundan olib chiquvchi reyslar, yuk, pochta, sanitar va gumanitar reyslar, bo‘sh samolyotlarning texnik xizmat ko‘rsatish uchun bir joydan boshqa joyga ko‘chirilishi, yoqilg‘i quyish yoki ekipajni almashtirish uchun qo‘nish bilan tranzit parvozlar va Rossiya hukumati qarori bilan amalga oshiriluvchi reyslar bundan mustasno.

31 martdan Rossiya maxsus olib chiquvchi reyslar sonini qisqartirgan hamda kelayotgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha cheklovlar o‘rnatgan. Shundan keyin rossiyaliklarning xorijiy davlatlardan Moskvaga uchib kelishi faqat “Sheremetevo” aeroporti orqali kuniga 500 kishidan oshmagan holda yoki Rossiyaning boshqa sub'yektlaridagi aeroportlarga kuniga 200 kishidan oshmagan holda amalga oshirilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top