10:54 / 29.04.2020
8551

Tugatilayotgan fermer xo‘jaligiga ajratilgan yerga sarflangan xarajatlarni qoplash tartibi qanday?

Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub'yektlarga ajratilgan yer maydoniga sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi tasdiqlanadi.

Foto: Flickr

Vazirlar Mahkamasining “Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi sub'yektlarga ajratilgan yer maydoniga sarflangan xarajatlar qiymatini hisoblash va qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Yer maydonida sarflangan quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:

ko‘chatlar, ko‘p yillik mevali va manzarali daraxtlar, ularni parvarishlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari;

qishloq xo‘jaligi ekinlarni sug‘orish maqsadida o‘rnatilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari, suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish nasos stansiyalari va ariq-zovurlar qazish, ularni ta'mirlashga ketgan xarajatlar (davlat budjeti hisobidan ajratilgan subsidiya mablag‘lari bundan mustasno);

qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish maqsadida bajarilgan agrotexnik tadbirlar (yerlarni begona o‘tlardan, tosh va boshqa chiqindilardan tozalash, yer maydonlarini tekislash, haydash, ekishga tayyorlash);

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni yetishtirish uchun sarflangan xarajatlarni, yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklarini;

ishlab chiqarish maqsadlari uchun boshqa infratuzilma obektlari gaz, elektr, oqova va ichimlik suv, kanalizatsiya tarmoqlari qurilishga ketgan xarajatlar;

chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida qurilgan inshootlar va boshqa obektlarni qurish va ta'mirlashga ketgan xarajatlar;

Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasida foydalanishdan chiqqan yerlarni oborotga kiritish maqsadida sarflangan xarajatlar hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan yer uchastkasida sarflangan boshqa xarajatlar.

Tugatilayotgan yoki maqbullashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining yer maydonida sarflangan xarajatlarni qoplash yuzasidan qishloq xo‘jaligi korxonasi va talabgor o‘rtasida kelishuvga erishilgan taqdirda o‘zaro kelishuv (kelishilgan narxlar) asosida amalga oshiriladi. Bunda xarajatlar qiymati, ularni qoplash tartibi va muddati taraflar o‘rtasida tuziladigan kelishuv shartnomasida nazarda tutiladi hamda belgilangan tartibda notarial tartibda tasdiqlanadi.

Agar taraflar o‘rtasida shunday kelishuvga erishilmagan taqdirda qoplanishi lozim bo‘lgan xarajatlar qiymati nizomga muvofiq baholash natijalari asosida aniqlanadi.

Top