20:59 / 30.04.2020
12803
AQSh razvedkasi koronavirus sun'iy ravishda yaratilmagan deb hisoblamoqda

15 aprelda Fox News telekanali o‘z manbasiga asoslanib, virus Uhandagi laboratoriyada yaratilgani, u tajribada qatnashgan tadqiqotchilardan biriga yuqish orqali tarqalganini e'lon qilgandi.

Foto: Dreamstime

Yangi turdagi koronavirus laboratoriyada yaratilmagan va genetik o‘zgartirilmagan. AQSh milliy razvedkasi direktori apparati ana shunday bayonot berdi.

"AQSh razvedka hamjamiyati COVID-19 virusi inson tomonidan yaratilmagan yoki genetik o‘zgartirilmagan degan ilmiy xulosaga qo‘shiladi", - deyiladi unda.

Qayd etilishicha, razvedka kasallik hayvon bilan muloqot natijasida yoki Uhandagi laboratoriyadagi baxsiz hodisa oqibatida paydo bo‘lgani to‘g‘risidagi ma'lumotni o‘rganishda davom etadi.

15 aprelda Fox News telekanali o‘z manbasiga asoslanib, virus Uhandagi laboratoriyada yaratilgani, u tajribada qatnashgan tadqiqotchilardan biriga yuqish orqali tarqalganini e'lon qildi.

Oldinroq Washington Post ham bu borada maqola e'lon qilgan. Unda yozilishicha, amerikalik diplomatlar 2018 yil Uhandagi laboratoriyaga bir necha marta borgan va u yerda ko‘rshapalaklar ustida xavfli tajribalar o‘tkazilayotganini aniqlashgan. Diplomatlar Vashingtonga Uhandagi laboratoriya xavfli ekanidan ogohlantirib xat yuborishgan.

Rasmiy ma'lumotlarda esa koronavirus tabiiy holatda paydo bo‘lgani aytiladi. Xususan, JSST ham koronavirus odam tomonidan yaratilishi mumkin emasligini ma'lum qilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top