21:56 / 30.04.2020
5932
Bugun 37 kishi sog‘aydi. Tuzalganlarning jami soni 1133 nafarga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida yana 7 bemor koronavirusdan sog‘aygani haqida ma'lumot berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 2 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular Sog‘liqni saqlash vazirligi mas'ullari ishtirokida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari erkak, 2 nafari ayol va bir nafar chaqaloq bo‘lib, barchasi Toshkent shahridan. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 57 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2020 yil tug‘ilgan. 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 1 nafari (ayol) 37 yoshda bo‘lib, Navoiy viloyatidan. U Moskva-Toshkent yo‘nalishada charter reysi  bilan kelgan va karantinga olingan. Yana 1 nafari (ayol) 23 yoshda bo‘lib, Toshkent shahridan. U koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 

«Ta'kidlash joizki, Toshkent shahrida shu paytga qadar 357 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 364 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun 37 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1133 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

  • 30 aprel kuni soat 21:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2017tani tashkil etgan, shundan 9 bemor vafot etgan, 1133 kishi sog‘aygan, ayni vaqtda 875 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top