08:04 / 30.04.2020
6909

Dorixona rahbari 22 mln so‘mlik «Tropikamid»ni sotayotgan vaqtida ushlandi 

Mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Toshkent viloyati IIBB hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan, xususiy dorixona boshlig‘i 22 million 500 ming so‘mlik, savdosi cheklangan “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi dorilarni qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.

IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 28 aprel kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida, asli samarqandlik bo‘lgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi, xususiy dorixona rahbari va shu bilan birga, Zangiota tuman Tibbiyot kollejining 3-kurs talabasi, 32 yoshli O.T. maxsus xaridorga har bir donasini 150 ming so‘mdan jami 22 million 500 ming so‘m pul evaziga 150 quti “Tropikamid” kuchli ta'sir qiluvchi dori moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Top