01:12 / 30.04.2020
35689
Kuchli yomg‘irdan so‘ng Samarqand ko‘chalarida suv daryo bo‘lib oqdi

29 aprel kuni yog‘gan kuchli yomg‘ir Samarqandda suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Samarqand shahridagi pastlikda joylashgan ko‘chalarni har yomg‘ir yog‘gan vaqtda suv bosishi odatiy holga aylangan.

Toshkent-Termiz trassasining Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi «yuqori nuqta»ga yaqin qismida suv daryodek oqdi. Telegram foydalanuvchilari o‘zlari guvoh bo‘lgan toshqin videolarini guruhlarga joylashdi. Kadrlarda suv toshqini mashinalar harakatlanishiga ham xalaqit bergani ko‘ringan.

Samarqand viloyat IIB hamda FVV viloyat boshqarmasi xodimlari suv toshqinlarini bartaraf etish uchun Bulung‘urda va boshqa hududlarda bo‘lishdi. Ularning sahifalarida ham toshqin suratlari e'lon qilingan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Top