10:01 / 30.04.2020
46844
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2017 nafarga yetdi 

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 15 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

"2020 yil 30 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2017 nafarni tashkil qilmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 aprel kuni jami 63 nafar yangi bemor aniqlandi. 

Shu bilan birga, bir necha kundan beri kasallikdan tuzalganlar soni kasallikka chalinganlar sonidan ko‘p bo‘lmoqda.

Virus tarqalishi boshlangandan buyon 1096 kishi sog‘aydi, 9 kishi vafot etdi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top