11:00 / 30.04.2020
9800
Po‘lat simlar va armatura o‘ramlari: «O‘zmetkombinat» AJ dan manfaatli taklif!
Foto: O‘zmetkombinat

Bunyodkorlik va ijodkorlik kelajak asosi

Vatanimizda bunyodkorlik avjida. Qayoqqa qaramang, biror turdagi baland bino qad ko‘tarayotganini ko‘ramiz. Bugungi zamonaviy binolarning mustahkamligi esa o‘z-o‘zidan unda ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq.

Sizga qurilish uchun po‘lat simlar (katanka), armatura o‘ramlari va boshqa turdagi metall mahsulotlar kerakmi? U holda, "O‘zmetkombinat" aksiyadorlik jamiyati yurtimizdagi barcha qurilish kompaniyalarini ayni sohada hamkorlikka chaqiradi.

Tadbirkorlik taraqqiyot poydevori

Bugun yurtimizda tadbirkorlikka keng yo‘l ochilgan. Shaxsan prezidentimizning o‘zlari respublikamizda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratmoqdalar. Umuman olganda, bozor iqtisodiyoti qonunlari kishilarni boqimandalik kayfiyatidan voz kechib, faol harakat qilishga chorlaydi. Shu maqsadda, "O‘zmetkombinat" AJ yurtimiz fuqarolarini jamiyat bilan hamkorlikda tijoriy va boshqa turdagi tadbirkorlikni rivojlantirishga chaqiradi.

Tadbirkorlarga uch yo‘nalishda ajoyib takliflar

Birinchi yo‘nalish: "O‘zmetkombinat" AJ tadbirkorlarimizga  po‘lat simlar (katanka), armatura o‘ramlari, ferrosilitsiy va turli shakl va o‘lchamdagi boshqa metall mahsulotlarni yetkazib beradi. Ular ushbu mahsulotlarning respublikamiz bo‘ylab sotuvlarini tashkil etishlari mumkin. 

Ikkinchi yo‘nalish: Tadbirkorlarimiz metallolom to‘plash va "O‘zmetkombinat" AJ ga topshirish orqali ham daromadga ega bo‘lishlari mumkin. Ushbu biznes sizga katta manfaat keltirishiga ishonamiz. Metallolom to‘plab ham daromad oling, ham tabiatni chiqindilardan tozalashga yordamlashing!

Uchinchi yo‘nalish: Agar siz beton va qurilish eritmalari ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangiz, «O‘zmetkombinat» aksionerlik jamiyati sizga beton va qurilish eritmalari ishlab chiqarishda foydalanish uchun faol kimyoviy mineral hisoblangan Kondensatlangan Mikrokremnezem (MK-85 - kulrang ultrafin amorf silika kukuni) mahsulotini ham taklif etadi.

MK-85 dan foydalanish quyidagi afzalliklarni yaratadi:

• O‘ta chidamli va suv o‘tkazmaydigan betonlar olish (baland binolar, yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘priklar, metro uchun dubellar, poydevorlar);

• Betonning kislotalarga va yuqori haroratga chidamliligini oshirish (kimyoviy zavodlardagi qurilishlar, metallurgiya sexlari qurilishi);

• Eritma va betonning mustahkamligini saqlab qolgan holda, uning bir qismini alternativ (30-40% gacha) to‘ldirish (neft va gaz konlarida, quduq simlarini betonlashda);

• Qattiq va ayniqsa harakatchan aralashmalardan tayyorlangan beton buyumlar sifatini yaxshilash (ayniqsa zilzila xavfi yuqori joylarda, aerodromlar va raketalar uchadigan maydonlar qurilishida);

• Beton mahsulotlarini issiqlik bilan ishlov berish paytida ishlov davomiyligini kamaytirish orqali energiyani tejash;

Biz bilan hamkorlik qilish qiziqmi?

Mahsulot sotib olishga yoki metallolom to‘plash bo‘yicha o‘z biznesingizni boshlashga qiziqdingizmi? U holda, quyidagi bog‘lanish ma'lumotlari orqali bizga murojaat qiling va o‘zaro manfaatli munosabatlarni bugunoq o‘rnatamiz!

Bog‘lanish uchun:

+998 90 359 72 68; +998 90 964 23 83; +998 90 951 80 33; +998 70 913 26 74 Po‘lat simlar (katanka), armatura o‘ramlari va boshqa turdagi metall mahsulotlar bo‘yicha

+998 90 944 84 46 Abdullajon, Kondensatlangan mikrokremnezem (MK-85) bo‘yicha

+998 91 190 30 07 Ibrohimjon, Metallolom bo‘yicha

Veb-sayt: www.uzbeksteel.uz 

Elektron manzil: marketing@uzbeksteel.uz

"O‘zmetkombinat" AJ dan manfaatli takliflarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram: Telegram tashrif

Feysbuk: Feysbuk tashrif

Instagram: Instagram tashrif

Reklama huquqi asosida

Top