12:59 / 30.04.2020
14202

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Suv xo‘jaligi vazirligi jamoasiga yangi o‘rinbosar tanishtirildi.

Foto: Suv xo‘jaligi vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qaroriga muvofiq Vohidjon Muhammadjonovich Ahmadjonov O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tayinlovga qadar u vazirlik huzuridagi Axborot-tahlil va resurs markazi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2019 yil 25 oktyabrda “Suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4486-sonli qarori qabul qilingan.

Unga asosan vazir o‘rinbosarining zimmasiga suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, ilmiy ishlanmalar natijalarini, suv xo‘jaligini boshqarish va suv xo‘jaligi obektlaridan foydalanishning ilg‘or usullarini amaliyotga faol joriy etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda suv xo‘jaligining sug‘orish tizimlarini modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va ta'mirlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi vazifalar yuklatilgan.

Top