17:39 / 30.04.2020
6986

Trenajyer yutib olish uchun hali imkoniyat bor: #hayotgaqo‘shil sport chellenjining muddati uzaytirildi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Xabaringiz bor, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda  #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjini e'lon qilgandi.

Ushbu chellenjni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, yurtimiz aholisi orasida uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishni faol targ‘ib qilish, shu orqali ularni sog‘lom turmush tarziga oshno etishdan iborat edi. 6 apreldan start olgan mazkur chellenj yurtdoshlarimiz orasida ommalashdi. Buni 5 tur davom etgan chellenjning birinchi faslida qariyb 8 mingga yaqin video yuborilganidan ham bilib olish qiyin emas.

Yurtdoshlarimiz orasida #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjiga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligini inobatga olgan holda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda BMTning Markaziy Osiyodagi Narkotiklar va jinoyatga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda chellenjni davom ettirishga qaror qildi.

Endi siz 28 apreldan 10 mayga qadar chellenjda ishtirok etishingiz va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Shunday ekan, tanlovda qatnashishga shoshiling. Chellenj shartlari o‘sha-o‘sha: uy sharoitida jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullaning, uni videoga oling va Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ulashing.

Qolaversa, videorolikni yaratishga kreativ jihatdan yondashish va albatta yurtdoshlarimizni sog‘lom turmush tarziga jalb etgan da'vat, chaqiriq bo‘lishi ham muhim omillardan sanaladi.

Shoshiling, #uydaqol #hayotgaqo‘shil #sportchallenge chellenjining ikkinchi fasliga start berilmoqda. 

Chellenj shartlari haqida ushbu sahifa orqali batafsil ma'lumot olish mumkin.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Top