17:40 / 01.05.2020
107877
Ekspertlar koronavirus pandemiyasi qancha vaqt davom etishini aytishdi

Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, inkubatsion davri uzoqligi va simptomsiz xususiyatlari bois "COVID-19 grippdan ko‘ra tezroq tarqaladi".

Foto: REUTERS

COVID-19 pandemiyasi ikki yil davom etishi mumkin, deb hisoblamoqda Minnesota universiteti qoshidagi yuqumli kasalliklarni o‘rganish markazi ekspertlari.

"Oxirgi pandemiyalardan kelib chiqib, ushbu pandemiya 18 oydan 24 oygacha davom etishi mumkinligini aytish mumkin. U aholining 60-70 foizi immunitetga ega bo‘lmagunicha to‘xtamaydi", - deyiladi markaz saytida.

Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, inkubatsion davri uzoqligi va simptomsiz xususiyatlari bois "COVID-19 grippdan ko‘ra tezroq tarqaladi".

"Pandemiya yakunlanishi uchun juda ko‘plab odamlar bu kasallikka chalinishi va immunitet hosil qilishi kerak", - deyiladi mualliflar tomonidan.

JSSTning ma'lum qilishicha, butun dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 3,1 millionga yetgan, 217 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top