19:18 / 01.05.2020
6794
EPSILON DC: Yangi qidiruv-izlov qudug‘ining ochiq stvoldagi kunlik debit hajmi 200 ming kub.m gaz va 20 tn neftni tashkil etdi
Foto: EPSILON

Joriy yilning 1 may kuni Shimoliy Beshkent-1 qudug‘idagi burg‘ulash ishlari natijasiga ko‘ra quduqdan uglevodorodlar oqimi olindi. Mazkur holat esa hisoblangan zaxiralari 4 mlrd. kub.m gaz va 300 ming tn neft miqdorini tashkil etgan yangi kon ochilganidan dalolat beradi. 

Barcha ishlar sanitariya-epidemiologiya talablari hamda ekologiya mezonlariga amal qilingan holda olib borilmoqda.

Yangi ochilgan konning geologik tuzilmasi hamda uning uglevodorodlar zaxirasini aniqlashtirish maqsadida mutaxassislar olingan ma'lumotlarni tahlil etgan holda quduqda geofizik tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar. Ularning asosida yangi konda qazib chiqarish hajmini yanada ko‘paytirish maqsadida, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.

Qazib olinayotgan uglevodorodlarning hammasi aholi ehtiyoji uchun mamlakat ichki bozoriga yuborilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati

Top