09:28 / 01.05.2020
115142
FVV Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot berdi 

Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Sardoba suv omboridan suv chiqishi bo‘yicha birlamchi ma'lumot berdi.

Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yil 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan  “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Natijada, Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. 

“Mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini “Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, suv bosishi xavfi mavjud bo‘lgan aholi punktlarini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda. Holat, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. 

Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma'lumotlar berib boriladi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top