22:52 / 01.05.2020
3286
«Orient Finans» banki rahbarining vakolati muddati uzaytirilishi mumkin

XAT «Orient Finans» banki aksiyadorlarining 22 may kuni bo‘lib o‘tadigan umumiy yig‘ilishida bir qator masalalar, jumladan bankning amaldagi boshqaruv raisi va boshqaruv a'zolari vakolatlarini cho‘zish masalasi ham ko‘riladi.

«Orient Finans» XATB boshqaruvining amaldagi raisi Bobur Parpiyev bo‘lib, uning o‘rniga 22 maydan Tohir Junaydullayev bank boshqaruvi raisi sifatida ish boshlashi xabar qilingan edi.

Bungacha Bobur Parpiyev o‘z ixtiyoriga ko‘ra bank boshqaruvi raisi lavozimini tark etishi haqida xabarlar tarqatilgan edi. Bu haqda bank aksiyadorlarining navbatdan tashaqari yig‘ilishida qaror qabul qilingani ma'lum qilingan edi.

Top