10:00 / 01.05.2020
28008
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2046taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 7 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 1 may kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2046 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bungacha 30 aprel kuni soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 2039 nafarni tashkil etayotgani ma'lum qilingan edi.

O‘zbekistonda 15 martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning 9 nafari vafot etdi, 1133 nafari esa sog‘aygan. Ayni vaqtda 904 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.

O‘zbekistonda qatorasiga 9 kun davomida koronavirusdan sog‘ayganlar soni kasallanganlar sonidan ko‘p bo‘ldi, o‘ninchi kuni ikki holat tenglashdi - 30 aprel kuni yana 37 kishi sog‘aydi va 37 kishida virus aniqlandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top