14:24 / 01.05.2020
9603

O‘zi ishlagan korxona rahbarini 200 mln so‘mga «uxlatgan» shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2019 yilning kuz oylarida fuqaro 34 yoshli Z.J. tanishi 63 yoshli A.K.ga tegishli MChJning yurist-konsultanti ekanligidan foydalanib, A.K.ning ishonchini suiiste'mol qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u MChJga xarid qilingan qiymati 14.000.000 so‘m bo‘lgan eshik va derazalarni o‘zining yashash xonadoniga olib borib o‘rnatib olgan.

Bundan tashqari, Z.J. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, takroran, A.K.ning ishonchini suiiste'mol qilib, unga o‘ziga nisbatan sud protsessi bo‘layotganligini aytib, zararni qoplash uchun jami bo‘lib 200.000.000 so‘m pullar kerakligini aytib, ushbu miqdorda pullarni qaytarib berishini va'da qilib qo‘lga kiritgan va shu kunga qadar qaytarib bermaganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Termiz shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top