13:10 / 01.05.2020
27650
Uzbekistan Airways: Hammasi vaziyatga bog‘liq, xorijga parvozlar 30 iyundan oldin tiklanishi ham mumkin

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati Covid-19 kasalligi tarqalishining oldini olish doirasida xorijga aviaqatnovlar 2020 yilning 30 iyunigacha qadar tiklanmasligi haqidagi xabar bo‘yicha aniqlik kiritdi.

Ma'lum qilinishicha, aviakompaniyaning bu xabarida aviaqatnovlarni 30 iyunga qadar to‘xtatish emas, bu sanagacha bo‘lgan davr uchun aviachiptalar sotishni to‘xtatish nazarda tutilgan.

Xorijga parvozlar va aviachiptalar sotuvi tiklanish muddati koronavirus tarqalishi bo‘yicha xalqaro vaziyatga bog‘liq. Agar 30 iyunga qadar turli davlatlar va O‘zbekistonda karantin bo‘yicha cheklovlar bekor qilinsa, xorijiy yo‘nalishlarga chiptalar sotuvi ham, aviaqatnovlar ham qayta tiklanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mart oyining ikkinchi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich to‘xtatgan edi. 30 mart kunidan O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top