07:43 / 02.05.2020
3625
Birja savdolarida ishtirok etish jarayoni soddalashtirilmoqda

Norezidentlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida xorijiy mijozlarni birjada akkreditatsiya qilishda korxonaning ta'sis hujjatlarining nushasini taqdim etilishi bekor qilindi.


“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ birja savdolarida sotuvchi va xaridorlarni ishtirok etishini soddalashtirish va yengillashtirish, hamda birjaning tashqi savdo operatsiyalarini jadallashtirish, shu jumladan birja orqali amalga oshiriladigan eksport hajmlarini oshirish maqsadida birja savdolari qoidalari va hisob-kitob kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga muvofiq birja mijozlarini akkreditatsiya qilish jarayoni elektron raqamli imzo yordamida client.uzex.uz orqali amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzoga ega bo‘lmagan ayrim tashkilotlar bundan mustasno.

Shuningdek, birja a'zolari, ya'ni brokerlarni akkreditatsiya qilishda ariza, yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ustavi kabi ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.

Norezidentlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida xorijiy mijozlarni birjada akkreditatsiya qilishda korxonaning ta'sis hujjatlarining nushasini taqdim etilishi bekor qilindi.

Bundan tashqari, birja savdolari shaffofligi va xavfsizligini oshirish maqsadida birja filiali maklerlari va savdo maydonchalarining registratorlari, hamda birja a'zolari va treyderlarning javobgarligi oshirilmoqda.

Birja savdolari qoidalari va hisob-kitob kliring operatsiyalarini o‘tkazish qoidalariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 2020 yil 10 maydan kuchga kiradi.

Top