13:41 / 02.05.2020
22071
Kirish imtihonlari muddati o‘zgartirilayotgani yo‘q – DTM

2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatlari o‘zgartirilgani yo‘q. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Va hozir Davlat test markazi shu muddatda barcha tayyorgarlik ishlarini tugatish uchun harakat qilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Bugun, 2 may kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori Majid Karimov tomonidan 2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatida  o‘zgarish bo‘lish ehtimoli yo‘qligi, qabul esa onlayn tizim ishlab chiqilayotgani haqida ma'lumot berildi. 

«2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari muddatlari o‘zgartirilgani yo‘q. Test sinovlari muddati davlat rahbarining 2019 yildagi qaroriga asosan, iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Va hozir Davlat test markazi shu muddatda barcha tayyorgarlik ishlarini tugatish uchun harakat qilmoqda», - deya ta'kidladi Davlat test markazi direktori. 

Majid Karimovning ta'kidlashicha, agar kirish imtihonlari o‘tkazilish muddatlarida o‘zgarish bo‘lsa, abituriyentlar xabardor qilinadi. 

«Qabul jarayonlari uchun asosiy javobgar tashkilotlar: Davlat xizmatlari markazlari va Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali hisoblanadi,  mana shu tashkilotlar orqali, bundan tashqari, joriy yildan boshlab Davlat test markazi orqali ham onlayn hujjat topshirish mumkin», - dedi Majid Karimov. 

Majid Karimovga ko‘ra, DTM tomonidan joriy yil qabuli uchun hujjatlar aksar holatlarda onlayn qabul qilishni rejalashtirilmoqda. Abituriyentlar Yagona davlat interaktiv xizmatlar portali orqali yoki DTM sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlar onlayn platforma orqali hujjat topshirish jarayonida 3 ta tildan birini: o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillaridan birini tanlash imkoniga ham ega bo‘ladi.

Top