10:08 / 02.05.2020
40632
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2094 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2094 nafarni tashkil qilmoqda 

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 8 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2094 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Ayni vaqtgacha 1212 kishi kasallikdan sog‘aygan, bu O‘zbekistonda qayd etilgan bemorlarning 58 foizi deganidir. 

Top