18:19 / 02.05.2020
9391
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1271 nafarga yetdi

Bugun 59 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1271 nafarni tashkil etmoqda.

Poytaxtdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan navbatdagi 8 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay  sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning 5 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Farg‘ona viloyatidan hamda 1 nafari Toshkent viloyatidan. Ulardan 7 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.  Bir nafari Turkiyadan charter reyslar orqali kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlarning 4 nafari erkak, 4 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 34 yosh bo‘lsa, eng yoshi kichigi 3 yoshda.

Toshkent shahrida shu paytga qadar 401 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 409 nafarga yetdi.

Bugun 59 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1271 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top