19:27 / 02.05.2020
18075
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2100dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 19 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 may soat 19:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2113 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun hozircha jami 27ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 59 bemor sog‘aydi.

Ayni vaqtgacha 1271 kishi kasallikdan sog‘aygan, yana 833 bemor shifoxonalarda qolmoqda.

Top