23:00 / 02.05.2020
20862
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2118taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 5 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 2 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2118 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bugun jami 32ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 59 nafar bemor sog‘aydi.

Ayni vaqtgacha 1271 kishi kasallikdan sog‘aygan, 838 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.

Top