21:38 / 02.05.2020
39231
Prezident Gulistonga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sardobadagi favqulodda hodisa sababli Guliston shahriga evakuatsiya qilingan odamlar bilan muloqot qilib, ulardan ko‘ngil so‘radi.

Hech kim e'tibordan chetda qolmasligi, hammaga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilishini ta'kidladi.

 

Prezident Gulistonga evakuatsiya qilingan odamlar bilan uchrashuvda: «Biz davlat bo‘lib, jonajon xalqimiz uchun barcha ishni qilamiz. Yangidan uylar quramiz, ko‘chalar quramiz, elektr olib boramiz, mollarni ham topamiz. Jonimiz sog‘ bo‘lsa bo‘ldi»

Posted by Kun.uz on Saturday, May 2, 2020

Hukumat komissiyasiga berilgan ko‘rsatmalar asosida suv bosgan hududlarni tozalash, qurilish va ta'mirlash, turmush maromini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uzluksiz ish davom etmoqda. 

Davlat rahbari Toshkentga qaytdi.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top