19:20 / 01.05.2020
8538
Rossiya qurilish vaziri va uning o‘rinbosarida koronavirus aniqlandi

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

Vladimir Yakushev Foto: Maksim Slutskiy / TASS

Rossiya qurilish va uy-joy-kommunal xo‘jaligi vaziri Vladimir Yakushev SARS-CoV-2 koronavirus infeksiyasi bilan zararlandi, deb xabar berdi vazirlik Telegram-kanali.

«Rossiya qurilish vazirligi rahbari Vladimir Yakushev kasalxonaga yotishga qaror qildi. Vazir va uning o‘rinbosarlaridan biri Dmitriy Volkovda koronavirus tashxisi tasdiqlandi», — deyiladi xabarda.

«Shahar kasalxonalaridan birida davolanaman. Aloqada bo‘laman», — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi kanal.

Yakushevning vazifasini vaqtincha Nikita Stasishin bajarib turadi.

Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlangandi.

«Hozirgina men koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun topshirgan testlarim musbat natija bergani ma'lum bo‘ldi. Shu sababli «Rospotrebnadzor» talablariga ko‘ra hamkasblarimning xavfsizligini ta'minlash maqsadida men o‘z-o‘zimni izolyatsiya qilish qoidalariga, vrachlarning ko‘rsatmalariga amal qilishim kerak», degan bosh vazir.

Mishustinning  vazifasini vaqtincha uning o‘rinbosari Andrey Belousov bajarib turishi to‘g‘risida farmon imzolandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar  soni 114,5 mingdan oshib ketdi, 1100dan ortiq kishi vafot etdi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top