12:44 / 02.05.2020
49172

Zominda sel oqizib ketgan opa-uka voqeasiga oid qo‘shimcha ma'lumot berildi

2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. do‘konga xarid uchun borishgan paytda kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan. Opa-uka yomg‘ir tinishini kutib turishgan, yomg‘ir tingach esa qaytish paytida doimiy sel kelib turadigan hududni kesib o‘tayotganlarida to‘satdan kelib qolgan sel ularni oqizib ketgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Jizzax viloyati IIB tomonidan Zomin tumani «Shirin» qishloq fuqarolar yig‘ini istiqomat qiluvchi 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. soydan sel kelishi natijasida oqib ketib, oqibatda ularning ikkalasi ham halok bo‘lgani haqida ma'lumot berilgan edi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, voqea 29 aprel kuni taxminan kech soat 18:00lar atrofida sodir bo‘lgan.

Do‘konga xarid uchun borgan opa-uka uyga qaytguncha kuchli yomg‘ir yog‘a boshlagan. 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F. yomg‘ir tinishini kutib turishgan, yomg‘ir tingach esa uyga qaytish paytida sel kelgan hududni kesib o‘tayotganlarida to‘satdan kelib qolgan sel ularni oqizib ketgan.

«O‘sha yaqin atrofda bo‘lib turgan voqea guvohlari ham darhol yordam bera olishmagan. Sel oqimi juda katta edi», - deydi manba.

Ta'kidlanishicha, voqea sodir bo‘lgan joy – qishloq ichidan o‘tadigan sel yo‘li hisoblanadi va bu yerda ko‘prik qurishning imkoni yo‘q.

Sel oqibatida vafot etgan 2006 yilda tug‘ilgan T.G. va 2011 yilda tug‘ilgan T.F.ning ota-onasi qaramog‘ida ayni paytda yana ikki nafar farzandi: o‘g‘il-qizi qolgan.

Ularning ahvolidan tuman hokimiyati va mahalla faollari xabar olib turishibdi. Moddiy yordam yetkazish ishlari ham rejalashtirilmoqda.

Top