21:34 / 03.05.2020
11912
Hindistonda shifokorlarga minnatdorlik sifatida vertolyotlardan atirgul yaproqlari sochildi

Hindiston harbiy-havo kuchlari vertolyoti koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarga minnatdorlik sifatida Dehlida halok bo‘lgan politsiyachilarga o‘rnatilgan yodgorlik ustidan atirgul yaproqlari sochdi.

Foto: Indiatoday

Bu haqda Hindiston mudofaa vazirligida ma'lum qilindi. Atirgul yaproqlari, shuningdek, Dehlidagi 12 ta shifoxona ustidan sochilgan.

Shuningdek, “koronavirusga qarshi kurashayotgan jangchilar” sharafiga poytaxt uzra uchtadan Lockheed C-130, Su-30 MKI, MiG-29 va Jaguar harbiy samolyotlari uchib o‘tgan.

Kechga yaqin bu aksiyaga harbiy-dengiz floti qo‘shiladi – Mumbayda 5 ta kema chiroqlarini yoqib, signal raketalari uchiradi va sirenalarini yoqadi. Kemalarda, shuningdek, “Hindiston koronavirusga qarshi kurashayotgan jangchilaridan minnatdor” degan yozuvli plakatlar yoyiladi.

Shuningdek, aksiyada Hindiston sohilbo‘yi qo‘riqlash bo‘linmalari, 25 ta hududda joylashgan kemalar, vertolyotlar ishtirok etadi.

Hindistonda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 39,9 minggacha yetdi, undan 1,3 ming odam halok bo‘lgan, 10,6 mingdan ko‘proq odam sog‘ayib ketgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top