14:06 / 03.05.2020
13977

Olimlar koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligini D vitamini yetishmasligi bilan bog‘lashmoqda 

Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirus pandemiyasi davrida D vitamini qabul qilishni maslahat berishgandi.

Foto: Pixabay

D vitamini yetishmasligi koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqoriligi sabablaridan bo‘lishi mumkin. Bu haqda qirolicha Yelizaveta kasalxonasi fondi va Sharqiy Angliya universiteti olimlari aytmoqda. Ular o‘tkazgan tadqiqot natijalari Research Square portalida chop etildi.

Olimlar Yevropadagi 20ta mamlakat aholisidagi D vitamini darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini aniqlashdi. So‘ngra bu ma'lumotni mazkur davlatlardagi koronavirusga chalinish va o‘lim statistikasi bilan solishtirishdi.

Aholisida D vitamini darajasi kam bo‘lgan mamlakatlarda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi yuqori ekanligi ma'lum bo‘ldi. Ekspertlar Ispaniya, Italiya va Shveytsariya aholisida bu vitamin darajasi kamligini aniqlashdi.

Avvalroq britaniyalik olimlar koronavirus pandemiyasi davrida D vitamini qabul qilishni maslahat berishgandi. Ularning qayd etishicha, odamlar ko‘p vaqtini xonadon ichida o‘tkazgani sababli quyosh nurini yetarlicha olishmaydi va ularda bu vitamin kamayib ketadi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top