21:04 / 03.05.2020
8860
Olmaliq KMK Sirdaryoga yirik hajmda oziq-ovqat va qurilish mollari, mutaxassis va texnikalar yubordi
Foto: Olmaliq KMK

Bugun xalqimiz yana bir sinovga duch keldi.  Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv omborida yuzaga kelgan falokat barchamizni yanada jipslashishga, o‘zaro mehr-oqibat namunalarini ko‘rsatishga undaydi. Hozirda ushbu falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun amaliy harakatlar olib borilmoqda. Xususan, suv ombori yaqinidagi Qo‘rg‘ontepa va Do‘stlik aholi punktlari toshqindan jiddiy zarar ko‘rgan, xavf hududidagi 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.

Favqulodda vaziyat oqibatida 56 nafar fuqaro turli xil jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilib,17,3 ming kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Falokat oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya qilingan aholiga ko‘mak berish uchun «Olmaliq KMK» AJ rahbariyati tomonidan ham bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, kombinat tarkibidagi Jizzax sement zavodi kareridan 2600 tonnadan ortiq harsangtosh yuk mashinalarida yuborildi. 

Bundan tashqari, falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun 45 nafar muhandis texnik xodimlari safarbar etilib, 16ta avtosamosval, 4ta buldozer, 4ta ekskovator, 5ta yuklovchi(pogruzchik), 3dona maxsus texnika, 2ta burg‘ulash uskunalari jo‘natildi.

Shuningdek, falokat natijasida evakuatsiya qilingan aholi uchun 6 tonna guruch, 2000 kg asal, 1000kg quritilgan mevalar, 10 000 dona tuxum, 1000 litr o‘simlik yog‘i, 1000 kg tvorog, 1000 litr kefir kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami ham yuborildi.

OKMK Axborot xizmati

Top