10:00 / 03.05.2020
29008

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2127taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 9 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 3 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2127 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

2 may kuni jami 32ta yangi zararlanish holati qayd etildi, 59 nafar bemor sog‘aydi.

Umuman, so‘nggi 12 kunda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda - bu oraliqdan 11 kunda tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat 30 aprel kuni ikki holat ham teng bo‘lgan.

Ayni vaqtgacha 1271 kishi kasallikdan sog‘aygan, 847 kishi shifoxonalarda davolanmoqda.

Mavzuga oid
Top