14:11 / 04.05.2020
4144
Koronavirusga tekshiruvchi test tizimlari qanchalik sifatli?

Ba'zi mamlakatlarda Xitoydan yetkazib berilayotgan test tizimlarining sifatsizligi bo‘yicha shikoyatlar kuzatilmoqda. Bizda Xitoy test tizimlarining sifati qanday tekshiriladi?

Ushbu savol bo‘yicha 4 may kuni o‘tkazilgan brifingda davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

“Avvalo respublikada koronavirusga tekshirish bo‘yicha laboratoriya tahlili qanday o‘tkazilishiga to‘xtalib o‘tsak. 

O‘zbekistonda virusologik laboratoriyalar aholi o‘rtasida koronavirus bemorlarini aniqlash uchun joylarda ishlamoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi esa yakuniy natijani tasdiqlash bo‘yicha ishlaydi. Ya'ni hududlardagi laboratoriyalar musbat natijaga ega bo‘lgan yoki koronavirusga gumon qilingan shubhali test natijalarini tasdiqlash, aniq tashxis qo‘yish uchun agentlikka yuboradi.

Umuman olganda, test tizimlari ta'sirchanligi va o‘ziga xosligiga ko‘ra baholanadi. O‘zbekistonda Xitoy (2 xil test tizimi), Germaniya va Rossiya test tizimlari ishlatiladi. Bu testlarning barchasi yuqori ta'sirchanlikka ega va o‘ziga xos”, deya Nurmat Otabekovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top