00:24 / 04.05.2020
35706

O‘zbekiston-AQSh munosabatidagi ahamiyatli diplomat iste'foga chiqdi

Davlat kotibi yordamchisi bosh o‘rinbosari Elis Uells Davlat departamenti faoliyatidan ketmoqda. Bu haqda davlat kotibi Maykl Pompeo xabar bergan.

Elis Uells /Foto:AQSh elchixonasi

Pompeo ijtimoiy tarmoqdagi mikroblogida Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi, elchi Elis Uells 31 yillik mehnat faoliyatidan so‘ng, Davlat departamentidagi karerasini yakunlashi haqida xabar qoldirgan.

Xizmat faoliyati yuzasidan Iordaniyada yashayotgan Haydi va Ves Uells oilasida tug‘ilgan Elis mehnat faoliyatini AQSh tashqi xizmat tashkilotida boshlaydi. U diplomat sifatida Saudiya Arabistoni, Tojikiston, Rossiya va Misrda xizmat qilgan.

U oxirgi marta o‘tgan yili Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundida ishtirok etib, mamlakatga tashrif buyurgandi. O‘shanda Jahon iqtisodiyoti va diplomati universitetida ma'ruza qilgan Uells AQShning O‘zbekiston bilan munosabatlaridagi asosiy nuqtalarga izoh bergan.

Top