10:00 / 04.05.2020
29452
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2160taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 11 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 4 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2160 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi 13 kunda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda - bu oraliqdan 12 kunda tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat 30 aprel kuni ikki holat ham teng bo‘lgan.

3 may kuni 31ta yangi zararlanish holati qayd etildi va jami 48 kishi sog‘aydi.

Ayni vaqtgacha jami 1319 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, shifoxonalarda 831 kishi davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top