23:03 / 04.05.2020
24048
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2189taga yetdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 8 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2020 yil 4 may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2189 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi 14 kunda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda - bu oraliqdan 12 kunda tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat 30 aprel kuni ikki holat ham teng bo‘lgan.

Bugun 40 kishida kasallik aniqlandi va 86 kishi sog‘aydi.

Ayni vaqtgacha jami 1405 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, shifoxonalarda 774 kishi davolanmoqda.

Top