15:49 / 04.05.2020
22576
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 2200ga yaqinlashmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 21 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«4 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 21 kishiga ortib, 2181 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

So‘nggi 13 kunda ijobiy tendensiya kuzatilmoqda - bu oraliqdan 12 kunda tuzalganlar soni yangi holatlar sonidan ko‘p bo‘lgan, faqat 30 aprel kuni ikki holat ham teng bo‘lgan.

3 may kuni 31ta yangi zararlanish holati qayd etildi va jami 48 kishi sog‘aydi. Bugun hozircha 32 kishida kasallik aniqlandi, 51 kishi sog‘aydi.

Ayni vaqtgacha jami 1370 kishi kasallikdan sog‘aygan, 10 bemor vafot etgan, shifoxonalarda 801 kishi davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top