21:09 / 04.05.2020
106435
«Sirdaryoga yordam»: Kun.uz’da mol-mulkidan ayrilgan yurtdoshlar uchun xayriya aksiyasi

Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi suv ombori to‘g‘oni o‘pirilishi tufayli viloyatning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi minglab kishi talafot ko‘rdi.

Yurtimiz bo‘ylab turli xayriya aksiyalari o‘tkazilmoqda, minglab volontyorlar texnogen falokatdan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga yordamga oshiqmoqda. Mehribon xalqimiz bugun qalban sirdaryoliklar bilan birga.

Hozir hodisadan jabr ko‘rganlar o‘z uylariga qaytishmoqda. Ularning ko‘pchiligi uylaridagi mol-mulkidan ayrilgan, moddiy va ma'naviy zarar ko‘rishgan.

Kun.uz ham ushbu xayrli ishlardan chetda qolmagan holda, falokatdan jabr ko‘rgan sirdaryoliklarga mablag‘ bilan yordam bermoqchi bo‘lgan savobtalab vatandoshlarimizni muqaddas Ramazon oyida yanada birlashishga chorlaydi.

Hurmatli yurtdoshlar! Siz yordam tariqasida o‘tkazib bermoqchi bo‘lgan mablag‘ingizni tahririyatga tegishli ushbu plastik kartochka raqamiga ko‘chirishingiz mumkin:

Uzcard: 8600 0417 3756 6308 (Mahsudjon Asqarov nomiga ochilgan)

HUMO: 9860 0301 0195 8517 (Mahsudjon Asqarov nomiga ochilgan)

Sberbank: 4276 3801 5887 0969 (Tolibjon Rahmatov nomiga ochilgan)

Bank hisob raqamdan pul o‘tkazmoqchi bo‘lgan yuridik shaxslar uchun:
8600 0417 3756 6308 (Mahsudjon Asqarov nomiga ochilgan)
Filial nomi: "Agrobank" ATB Toshkent shahar filiali
STIR 201200124
MFO 00394
Tranzit raqami: 23120000900000394001

Shuningdek, falokatdan jabr ko‘rgan oilalarga yordam ko‘rsatishni istayotgan, nooziq-ovqat va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tahririyat orqali o‘z yordamini muhtojlarga yetkazishi mumkin.

Buning uchun Telegram'dagi @kunuzmurojaat manzili orqali bog‘lanish so‘raladi.

Alloh yo‘lida sadaqa qilgan odamlarning sadaqalarini Alloh hech qachon zoye ketkazmaydi va sadaqa qilingan mol-u dunyoni Alloh shu dunyodayoq ko‘p qilib qaytarib beradi va oxiratdagi savobi undan-da ziyoda bo‘ladi. Shuning uchun aslo tushkunlikka tushish kerak emas.

Biz birgalashib bu sinovlarni yengamiz!

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top