20:14 / 04.05.2020
27699
Tojikistonda yana 102 kishida koronavirus aniqlandi, uch kishi vafot etdi

Tojikistonda koronavirus kirib kelgani haqida ilk marta 30 aprel kuni rasman e'lon qilingandi. Bu xabar JSST mutaxassislari mamlakatga kelish arafasida e'lon qilindi.

Foto: Asia-Plus

Tojikistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq yana 102ta holat qayd etildi, jami bemorlar soni 230 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Tojikistonda COVID-19 yuqtirib olganlar soni 230taga yetdi, bu 2 may holatiga nisbatan 102taga ko‘p, uch kishi vafot etdi", - dedi vazirlik vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat shifoxonalarida 208 kishi tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi, 246 kishiga qoniqarli holatda shifoxonadan uylariga javob berilgan.

Kasallikka chalinish bilan bog‘liq 230ta holatning 110tasi Dushanbeda, 22tasi respublika bo‘ysunuvidagi shahar va tumanlarda,, 7tasi Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida, 21tasi Xatlon viloyatida va 70tasi So‘g‘d viloyatida qayd etilgan.

Tojikistonda koronavirus kirib kelgani haqida ilk marta 30 aprel kuni rasman e'lon qilingandi. Bu xabar JSST mutaxassislari mamlakatga kelish arafasida e'lon qilindi. Birinchi kuni mamlakatda 15 kishida koronavirus aniqlangandi. 3 may kuni esa bu borada o‘ziga xos rekord (52 kishi) o‘rnatildi.

Tojikiston uzoq vaqt koronavirus qayd etilmagan mamlakatlar qatorida e'tirof etilgandi. 3 may holatiga ko‘ra Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat Turkmanistonda virus aniqlanmagan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top