11:26 / 04.05.2020
8786
Toshkent viloyatida ko‘cha bo‘ylab bir paket giyohvandlik moddasi bilan yurgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 10 aprel kuni Toshkent viloyati Chinoz tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir olib borilgan. Bu haqda  O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Tadbir davomida 52 yoshli Z.A. Chinoz tumani A.Temur ko‘chasi bo‘ylab piyoda ravishda harakatlanib ketayotgan vaqtida shubha ostiga olinib xolislar ishtirokida uning qo‘lida bo‘lgan polietilen paket ichi ko‘zdan kechirilganda, paket ichida ho‘l holdagi vazni 1055,94 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini olib ketayotganligi aniqlanib, tegishlicha rasmiylashtirilib olingan.   

Holat yuzasidan Chinoz tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, Z.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Top